«Liverpul» yetakchilaridan biri koronavirus yuqtirdi
«Liverpul» hujumchisi Sadio Mane koronavirus bo‘yicha topshirgan test musbat chiqdi. Bu Angliya chempion jamoasi tarkibidagi koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha ikkinchi holat.
«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, Maneda simptomlar ayon bo‘lgani bilan, kasallik yengil o‘tyapti. Senegallik futbolchi o‘zini ihotalash rejimiga o‘tkazilgan. U o‘tgan dushanba kuni «Arsenal»ga qarshi o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgandi.
Eslatib o‘tamiz, Manegacha «Liverpul» yaqinda qo‘lga kiritgan Tiago Alkantarada kovid aniqlangandi. Ispaniyalik yarimhimoyachi jamoaga Myunxenning «Bavariya»sidan kelib qo‘shilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter