Lionel Messi muhim qaror qabul qildi
«PSJ»ning hujumchisi Lionel Messi jamoa bilan shartnomasini uzaytirmaydi va mavsum oxirida uni tark etadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Kecha Messi «Strasburg» darvozasiga gol urdi va jamoasiga durang natijani taqdim etdi. U parijliklarga Fransiya chempioni unvonini qo‘lga kiritishga imkon berdi. Hozirda klub Fransiyaning eng titulli klubi bo‘lib turibdi.
Umuman olganda, Messi joriy mavsum Fransiya chempionatining 31 ta o‘yinida 16 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ammo uning yaqinda Saudiya Arabistoniga safari rahbariyatga ma’qul kelmagan va shu tufayli Messini jamoadan chetlatishgandi. Futbolchi kechirim so‘raganidan so‘ng o‘yinlarga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, u 2021-yilning avgustida «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2023-yilning iyunigacha mo‘ljallangan. OAVda amaldagi jahon chempionining MLS klublaridan biriga yoki Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabar yuribdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter