Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Levandovski «Barselona»ga kelishi mumkin

Levandovski «Barselona»ga kelishi mumkin

Foto: «Sports.ru»

Polsha terma jamoasi hamda Myunxenning «Bavariya» jamoasining eng yaxshi hujumchisi Robert Levandovski «Barselona» (Ispaniya)ga o‘tishi mumkin. Insayderlar futbolchi  va jamoaning qiziqishlari mushtarakligi haqida yozishyapti.

Qator nashrlar, xususan, «Diario Sport» ishonch bildirishicha, Robert Levandovski Kataloniya bosh shahriga ko‘chib kelishga shay. O‘z navbatida, «Barselona» 33 yoshli futbolchiga 4 yillik shartnoma taklif qilmoqda, deyiladi xabarlarda.

Avvalroq polyak futbolchisiga «Real» (Madrid) qiziqish bildirgan, biroq rad javobini olgandi

Yaqinda «Bavariya» sport direktori Oliver Kan bahor faslida Levandovski bilan shartnoma 2023-yilgacha uzaytirilishini ta’kidlagandi. Aftidan, Levandovskining o‘zi boshqacha fikrda, yangilanish faslida manzilini ham yangilashni rejalashtirgan ko‘rinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring