Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Levandovski APL jamoasiga o‘tishi mumkin — OAV

Levandovski APL jamoasiga o‘tishi mumkin — OAV

Foto: «Football.ua»

Myunxenning «Bavariya» jamoasida to‘p suruvchi polshalik hujumchi Robert Levandovski Angliya Premer-ligasi (APL) jamoalaridan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning «Bild» nashri yozmoqda.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda 32 yoshli futbolchining agenti Pini Zaxavi «Bavariya» rahbariyatidan Levandovski uchun yanada manfaatli shartnoma undirish payida, biroq myunxenliklar buni paysalga solishyapti.

Bavariyaliklar futbolchining maoshini oshirishga ko‘nishmasa, polshalik futbolchi APLga yo‘l olishi ehtimoli mavjud. Chunki Levandovskiga «Chelsi» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirgandi.

Ma’lumot uchun: joriy mavsumda Robert Levandovski «Bavariya» safida 37 o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol kiritgan, sakkizta golli uzatma oshirgan. Uning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring