«Lester Siti» APL bilan xayrlashdi

Kecha, 20-aprel kuni Angliya Premer ligasi 33-tur uchrashuvidan o‘rin olgan bahsda «Lester Siti» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng «tulkilar» chempionat tugashiga 5 tur qolganda ligadan tushib ketishi aniq bo‘ldi. Jamoa 33 turdan so‘ng 18 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 19-pog‘onada bormoqda va endi qolgan besh o‘yinda g‘alaba qozonsa ham 17-o‘rindagi «Vest Hem»ga yetib ololmaydi.
Ma’lumot uchun, «Lester Siti» 2023-2024-yilgi mavsumni ham Chempionshipda o‘tkazgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter