Lamin Yamal «Portu»ga qarshi bahsda maydondan chiqib ketib yo‘qolib qoldi
«Barselona» deyarli o‘n daqiqa 10 kishi bo‘lib harakatlanishga majbur bo‘ldi, so‘ng yo‘qolib qolgan Yamal o‘rniga boshqa futbolchi tushirildi.
YeChL doirasida «Portu»ga qarshi bahsda 16 yoshli Lamin Yamal kataloniyaliklarning asosiy tarkibida maydonga tushilgan edi.
Uchrashuvning 71-daqiqasida Lamin qornida og‘riq his qilib, maydonni tark etgan. Hojatxonaga ketgan Yamal maydonga qaytavermagach, 80-daqiqada uning o‘rniga Markos Alonso maydonga tushirilgan. Deyarli 10 daqiqa mehmonlar 10 kishi bo‘lib harakatlangan.
Xavi vaziyatga izoh berib, Lamin Yamal o‘zini yomon his qilganini aytdi.
«U bir necha bor menga qornida og‘riq borligini aytgandi. O‘yinda tanaffus bo‘lganidan foydalanib, unga ruxsat bergandim va tez qaytishini ta’kidlagandim. Biroq, keyinchalik u maydonga tusha olmasligini xabar qilishdi», — dedi bosh murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, YeChL guruh bosqichining 2-turida «Barselona» safarda «Portu» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter