La Liga tarixidagi eng yosh futbolchi «Real»ga qarshi o‘ynadi
«Malorka» yarimhimoyachisi Luka Romero La Liga tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.
U 31-turda «Real»ga qarshi o‘yinning 83-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi. Shu pallada unga 15 yoshu 219 kun to‘lgandi.
Shu tariqa Romero 1939-yili La Ligada 15 yoshu 255 kunligida «Selta» tarkibida maydonga tushgan himoyachi Sansonning rekordini yangiladi.
Eslatib o‘tamiz, «Malorka» Madriddan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter