Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

La-liga: «Real» deyarli chempion va turning boshqa statistikalari

La-liga: «Real» deyarli chempion va turning boshqa statistikalari

Ispaniya la-ligasining 32-turida bir qator qiziqarli va kutilmagan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Markaziy o‘yinda «Sevilya» o‘z maydonida Madridning «Real» jamoasini qabul qildi va alamli mag‘lubiyatga uchradi. Madridliklar irodali o‘yin namoyish etib, 2:0 hisobini 2:3 qila olishgan.

Shuningdek, ularning eng yaqin ta’qibchisi «Barselona» ham o‘z uyida «Kadis» yuta olmadi. Shu tariqa «Real» va undan keyingi klublar orasidagi farq 15 ochkoga yetdi. Oldinda yana 6 ta tur bor, «Barsa»da esa bitta zaxira o‘yini ham mavjud.

La-liga, 32-tur natijalari

Real Sosedad - Betis - 0:0
15 aprel. San-Sebastyan. «Reale Arena» stadioni.
Bosh hakam: Isidro Dias de Mera (Daymel).

Elche - Malorka - 3:0
Gollar: Moxika, 42 (1:0). Bigas, 58 (2:0). Li Kan In, 81 - o‘z davrozasiga (3:0).
16 aprel. Elche. «Manuel Martines Valero» stadioni.
Bosh hakam: Xose Mariya Sanches Martines (Mursiya).

Alaves - Rayo Valekano - 1:0
Gol: Xoselu, 64 (1:0).
16 aprel. Vitoriya-Gasteys. «Mendisorrosa» stadioni.
Bosh hakam: Xuan Munera (Benidorm).

Valensiya - Osasuna - 1:2
Gollar: Avila, 50 - penaltidan (0:1). Budimir, 74 (0:2). Soler, 83 - penaltidan (1:2).
16 aprel. Valensiya. «Mestalya» stadioni.
Bosh hakam: Melero Lopes (Malaga).

Xetafe - Vilyarreal - 1:2
Gollar: Moreno, 7 (0:1). Trigeros, 16 (0:2). Unal, 63 (1:2).
16 aprel. Xetafe. «Koliseum Alfonso Peres» stadioni
Bosh hakam: Pablo Gonsales Fuertes (Xixon).

Granada - Levante - 1:4
Gollar: Dani Gomes, 17 (0:1). Morales, 56 - penaltidan (0:2). Malsa, 77 (0:3). Kolyado, 90+2 (1:3). Soldado, 90+5 (1:4).
17 aprel. Granada. «Nuevo Los-Karmenes» stadioni.
Bosh hakam: Valentin Pisarro Gomes (Madrid).

Atletiko - Espanol - 2:1
Gollar: Karrasko, 52 (1:0). de Tomas, 74 (1:1). Karrasko, 90+10 - penaltidan (2:1).
17 aprel. Madrid. «Vanda Metropolitano» stadioni.
Bosh hakam: Xorxe Figeroa Vaskes (Sevilya).

Atletik - Selta - 0:2
Gollar: Yago Aspas, 11 (0:1). Beltran, 37 (0:2).
17 aprel. Bilbao. «Nuevo San-Mames» stadioni.
Bosh hakam: Alexandro Ernandes (Santa-Krus-de-Tenerife).

Sevilya - Real Madrid - 2:3
Gollar: Rakitich, 21 (1:0). Lamela, 25 (2:0). Rodrigo, 50 (2:1). Nacho, 82 (2:2). Benzema, 90+2 (2:3).
17 aprel. Sevilya. «Ramon Sanches Pisxuan» stadioni.
Bosh hakam: Kuadra Fernandes (Madrid).

Barselona - Kadis - 0:1
Gol: Lukas Peres, 48 (0:1).
18 aprel. Barselona. «Kamp Nou» stadioni.
Bosh hakam: Xayme Latre (Ueska).

Musobaqa jadvali

R  Jamoa O‘ G‘ D M T-n Ochko
1  Real Madrid 32 23 6 3 66-28 75
2  Barselona 31 17 9 5 60-32 60
3  Atletiko 32 18 6 8 59-39 60
4  Sevilya 32 16 12 4 46-25 60
5  Betis 32 17 6 9 56-37 57
6  Real Sosedad 32 15 10 7 32-30 55
7  Vilyarreal 32 13 10 9 51-31 49
8  Atletik 32 11 12 9 36-32 45
9  Osasuna 32 12 8 12 33-41 44
10  Valensiya 32 10 12 10 44-46 42
11  Selta 32 10 9 13 36-35 39
12  Espanol 32 10 9 13 37-44 39
13  Elche 32 9 8 15 35-44 35
14  Rayo Valekano 31 9 7 15 32-38 34
15  Xetafe 32 7 11 14 29-37 32
16  Kadis 32 6 13 13 27-43 31
17  Granada 32 6 11 15 36-56 29
18  Malorka 32 7 8 17 27-53 29
19  Alaves 32 6 7 19 25-53 25
20  Levante 32 5 10 17 39-62 25

To‘purarlar (qavsda penaltidan urilgani)

25 ta
Karim Benzema (Real Madrid, 7)

15 ta
Xuanmi (Betis)
Raul de Tomas (Espanol, 4)
Enes Unal (Xetafe, 2)

14 ta
Yago Aspas (Selta, 3)
Vinisius Junior (Real Madrid)

13 ta
Xoselu (Alaves, 6)

11 ta
Xose Luis Morales (Levante, 2)
Luis Suares (Atletiko, 2)
Anxel Korrea (Atletiko)
Gonsalu Gedesh (Valensiya, 1)
Karlos Soler (Valensiya, 7)

10 ta
Memfis Depay (Barselona, 4)

Tur ramziy terma jamoasi (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

Xeremias LEDESMA (Kadis) – Daniel KARVAXAL (Real Madrid), Jozef AYDU (Selta), Pedro BIGAS (Elche), Xoan MOXIKA (Elche) – Manu GARSIYa (Alaves), Fran BELTRAN (Selta), Yannik KARRASKO (Atletiko) – RODRIGO (Real Madrid), Jerar MORENO (Vilyarreal), Xose Luis MORALES (Levante).

Tur qahramoni (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

32-tur qahramoni «Real» qanot himoyachisi Dani Karvaxal bo‘ldi. Uning qanotlardan uyushtirilgan hujumlardagi ishtiroki tufayli madridliklar irodali g‘alaba erishdi, deyish mumkin. Xususan, uning o‘zi 2 ta golli pas bergani va uchrashuv davomida faollik ko‘rsatgani qahramonlikka tortadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring