Kuman muloqotni to‘xtatishga majbur bo‘ldi (foto)
«Barcyelona» bosh murabbiyi Ronald Kuman matbuot anjumanini muddatidan oldin yakunladi.
Savollarga javob berayotganda mutaxassisning burnidan qon ketdi. Qon ketishi to‘xtamagach, u jurnalistlar bilan muloqotni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Bu vaqtda Kuman klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berib, «Barselona» ustozi doimo katta bosim ostida ekanligini ta’kidlagan edi.
Kumanda bunday holatni birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q, avvalroq ham matbuot anjumani paytida uning burnidan qon ketgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter