Kostyum-shim kiyib, galstuk taqmagan «Lokomotiv» murabbiylari jiddiy ogohlantirildi
O‘zbekiston professional futbol ligasi «Lokomotiv» klubi murabbiylarini jiddiy ogohlantirdi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasining 2018-yil 12-mart kungi 35-sonli buyrug‘iga muvofiq superliga futbol klublari murabbiylari keng ommaning e’tiborida bo‘lishi hisobga olinib, ular o‘yindan oldin, o‘yin vaqtida va undan keyingi rasmiy marosimlarda rasmiy kiyimda (kostyum, shimda va galstuk taqqan holda) bo‘lishlarini ta’minlash belgilab qo‘yilgan hamda klublar rahbariyati bu borada yozma ravishda xabardor qilingandi.
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan AGMK — «Lokomotiv» o‘yinida musobaqani o‘tkazish uchun mas’ul tashkilot yuqorida belgilab bergan tartibning buzilishi holati kuzatildi. Superliga klublari bosh murabbiylari yuqoridagi topshiriqni bajardi, biroq «Lokomotiv» klubi murabbiylari 3-turda mazkur topshiriqqa e’tibor qaratib, 4-turda yana o‘zi bilganicha ish tutdi.
PFL tomonidan belgilab berilgan talabning buzilishi hisobga olinib, O‘FAning Tartib-intizom kodeksining 4-bob, 5.57 bandiga asosan «Lokomotiv» futbol klubi yozma ravishda ogohlantirildi. Bunday hol qayta takrorlansa, jamoaga moddiy jarima solinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter