Komendantlik soatini buzgan «Real» futbolchisi qamalishi mumkin
Serb futbolchilari Luka Yovich («Real» Madrid) va Nikola Ninkovich («Askoli», Italiya) qamalishi mumkin, deb xabar berdi «Regnum».
Ikkovlon komendatlik soatini buzgan. Serbiya huquqni muhofaza qilish organlari futbolchilarga jinoiy ish ochgan.
Serbiyada mart oyida komendantlik soati (17:00 dan 5:00 gacha) joriy etilgandi.
Yovich va Ninkovich majburiy izolyasiya qoidasini buzishgan, buning uchun ular uch oydan uch yilgacha qamoq jazosini olishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter