«Kolumbiya Maradonasi» yetti nafar raqibni dog‘da qoldirib, to‘pni bo‘m-bo‘sh darvozaga joyladi (video)
Anderson Dias Kolumbiya yoshlar chempionatida ajoyib gol urdi. Driblyor naq yetti nafar raqib o‘yinchisini (davozabon ham shularning ichida) birin-ketin aldab o‘tib, to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. U bu ishni xuddi afsonaviy Diyego Maradona JCh-1986 da Angliyaga qarshi o‘yinda bajarganidek oson uddaladi.
Anderson Diaz, this is ridiculous. 🔥 pic.twitter.com/FN0UxBXgn4
— Match of the Day (@BBCMOTD) 15 avgusta 2019 g.
Farqi shundaki, Maradona o‘shanda Argentinaga Angliyani yengishdan tashqari, Jahon kubogini qo‘lga kiritishda ham yordam bergandi. Diasning qoyilmaqom goli hatto g‘alaba ham keltirmadi. «Norte de Santader» 2:3 hisobida yengildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter