Kolarovning goli Serbiyaga Kosta-Rika ustidan g‘alaba keltirdi (video)
Bir necha daqiqa oldin jahon chempionatining «F» guruhidan o‘rin olgan Serbiya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Uchrashuv taqdirini 62-daqiqada «Roma» himoyachisi Aleksandr Kolarov tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
Kolarov futbolchi so‘ngi 20 yil ichida jarima zarbasidan gol urgan ilk serb futbolchisiga aylandi. U uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb ham topildi.
Kosta-Rika – Serbiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 56 Kolarov.
Kosta-Rika – Navas, Akosta, Gonsales, Duarte, Gamboa, Borxes, Gusman (Kolindres, 73), Kalvo, Ruis, Venegas (Bolanos, 60), Urenya (Kempbell, 67).
Serbiya – Stoykovich, Ivanovich, Milenkovich, Toshich, Kolarov, Milivoyevich, Matich, Tadich (Rukavina, 83), Milinkovich-Savich, Lyayich (Kostich, 70), Mitrovich (Priyovich, 90).
Ogohlantirishlar: Kalvo (22), Gusman (56), Ivanovich (59), Priyovich (90).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter