Klublararo jahon chempionati fevralga qoldirildi

Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi 2021 yilgi jahon chempionati 2022 yil 3-12 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda FIFA xabar berdi.
Aslida KJCh har yili dekabr oyida o‘tkazilar edi. Musobaqaga bugun Syurix shahrida qur’a tashlanadi.
Musobaqada 7 ta jamoa ishtirok etadi: Saudiya Arabistonining «Al-Hilol», Misrning «Al-Ahli», Meksikaning «Monterrey», Yangi Zelandiyaning «Oklend Siti», BAAning «Al-Jazira», Angliyaning «Chelsi» va Braziliyaning «Palmeyras» klublari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter