Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining barcha yarimfinalchilari ma’lum bo‘ldi
Jiddada o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 1/4 final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bosqichda «Oklend Siti»ni mag‘lub etgan «Al-Ittihod» ushbu turda Misrning «Al-Ahli» klubiga qarshi bahs olib bordi. Saudiya Arabistoni klubi yulduzli tarkibiga qaramay «Al Ahli»ga mag‘lub bo‘lib, yarimfinalga chiqa olmadi.
Jiddaliklar minimal hisobda yutqazayotganda Karim Benzema penaltidan foydalana olmadi. Biroq u uchrashuv so‘ngida jamoachining hisobni qisqartiruvchi goliga mualliflik qildi.
Chorak finalning yana bir o‘yinida OChL g‘olibi «Urava Red» Meksikaning «Leon» klubidan ustun keldi.
Shu tariqa yarimfinalda «Urava» YeChL g‘olibi «Manchester Siti» bilan o‘ynasa, «Al Ahli» Libertadores Kubogi sohibi «Fluminense» sinovidan o‘tadi.
Klublar o‘rtasidagi JCh. 1/4 final. 15 dekabr
«Al Ahli» (Misr) – «Al Ittihod» (Saudiya) — 3:1
Gollar: Ma’alul (21), Ash Shahat (59), Ashur (62) — Benzema (90+2).
Ko‘kka sovurilgan penalti: Benzema (45).
Al Ahli – Ash Shenavi, Hani, Al Hanafi, Abdulmonem, Ma’alul, Ashur (As Sulayya, 73), Koka (Diyeng, 87), Attia, Ash Shaxat (Fuad, 72), Qahrabo (Muhammad, 73), Tau (Modest, 87).
Al Ittihod – Al Mayuf, Ash Shengiti (Al Olayyan, 49), Hegazi, Kadesh, Al Havsavi (Bamasud, 46), Kante, Fabino, Al G‘amdi, Koronado (Hamidulla, 70), Benzema, Romarino (Jota, 70).
Ogohlantirishlar: Ashur (36), Ash Shahat (61), Fabino (67), Qahrabo (69).
Chetlatish: Modest (90).
«Leon» (Meksika) – «Urava Red» (Yaponiya) — 0:1
Gol: Shalk (78).
«Leon» – Kota, Moreno (Ramires, 87), Tesillo, Barreyro, Frias, Rodriges (Ernandes, 83), Romero, Ambris (Fernandes, 83), Mena (Lopes, 83), Vinyas, Alvarado (Santos, 90).
«Urava Red» – Nicikava, Hoybroten, Shols, Akimoto (Sakai, 81), Ivao, Koizumi, Ito (Nakadzima, 73), Okubo (Shalk, 73), Yasui, Sekine (Ogivara, 64), Kante.
Ogohlantirishlar: Okubo (45), Tesillo (51), Vinyas (77).
Chetlatish: Tesillo (84).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter