Kilian Mbappe «Real» bo‘yicha so‘nggi qarorini aytdi

Parijning «PSJ» futbol klubi hujumchisi Kilian Mbappe o‘zining «Real» Madridga o‘tishi haqidagi so‘nggi qarorini e’lon qildi. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar berdi.
— Mbappe qarorini qabul qilib bo‘ldi va bu yerda pulning ahamiyati yo‘q. U endi butun dunyo oltinlarini bersa ham, «PSJ» bilan shartnomasini uzaytirmaydi. U Madridda muvaffaqiyat qozonmoqchi va bu uning so‘nggi qarori, — deyiladi nashr xabarida.
Mbappening shartnomasi 2022 yil 30 iyunda nihoyasiga yetadi va o‘sha kuni u Madridga yo‘l oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter