Kilian Mbappe ilk bor ota yurtiga bordi (foto)
«PSJ» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe birinchi marta otasi Vilfridning vatani — Kamerunga bordi.
Mbappe bu yerda mamlakat rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, shuningdek, dasturdan ko‘ngilochar va ijtimoiy tadbirlar o‘rin olgan.
Mbappe Kamerun bosh vaziri bilan uchrashib, o‘z fondi tomonidan rekonstruksiya qilingan maktabga tashrif buyuradi va Kamerunning ikkinchi divizion jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.
Mbappening otasi Fransiyaning «Bondi» klubi futbol maktabida murabbiy bo‘lib ishlagan. Kilianning onasi Fayza esa jazoirlik muhojirlarning avlodi bo‘lib, professional gandbolchi edi.
Hujumchi 2017 yildan beri «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. Mbappe parijliklar jamoasi safida 260 ta o‘yin o‘tkazib, 212 ta gol urgan va 98 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter