Kibersport Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmaydi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax XOQ kompyuter o‘yinlarini Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritishni rejalashtirmayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, kompyuter o‘yinlari zo‘ravonlik va diskriminatsiyani targ‘ib qilyapti.
Bax shuterlarni nazarda tutgan. Uning aytishicha, har qanday yakkakurashning ildizi real hayotdagi insonlarning o‘zaro olishuviga borib taqaladi. Sport esa mana shu olishuvning taraqqiy etgan ko‘rinishi, degan XOQ rahbari.
Eslatib o‘tish kerakki, Osiyo olimpiya qo‘mitasi Jakarta va Palembangda bo‘lib o‘tgan 2018-yilgi Osiyo o‘yinlari dasturiga kibersportni kiritgan va bu an’ana 2022-yilda ham davom ettiriladi. Uning dasturiga kibersportning aynan qaysi turlari kiritilishi hozircha qorong‘u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter