Keyrush Eron termasidan ketishini e’lon qildi. U O‘zbekistonga keladimi?
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Eron terma jamoasi boshqaruvidan ketishini ma’lum qildi.
«O Jogo» nashri xabariga ko‘ra, 65 yoshli portugaliya mutaxassis eronliklarning unga bor-yo‘g‘i yarim yillik shartnoma taklif etganidan g‘azablangan va terma jamoani tark etishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradigan nomzodlar orasida Karlush Keyrush ham borligini ma’lum qilgan edi. Bu haqda jahon chempionatidan so‘ng rasman e’lon qilinadi.
Mavzuga doir: «O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi haqidagi savolga javob berildi»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter