Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keniyalik marafonchi Eliud Kipchoge yangi jahon rekordini o‘rnatdi

Keniyalik marafonchi Eliud Kipchoge yangi jahon rekordini o‘rnatdi

Foto: «Reuters.com»

Berlin marafonida keniyalik taniqli sportchi, 33 yoshli Eliud Kipchoge 42 194 metr masofani 2 soat 1 daqiqa 39 soniyada bosib o‘tib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda «Unian» axborot agentligi xabar berdi.

Foto: «Reuters.com»

Shu tariqa Kipchoge vatandoshi — Dennis Kipruto Kimmeto 2014-yili Berlin marafonida qayd etgan natijani 1 daqiqa-yu 18 soniyaga yaxshiladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni ham keniyaliklar egallashdi.

Eliud Kipchoge — Berlin va London marafonlarining uch karra g‘olibi, Olimpiada-2016ning amaldagi chempioni.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring