Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karlo Anchelotti: «Real Madrid» oxirgisi bo‘ladi!..»

Karlo Anchelotti: «Real Madrid» oxirgisi bo‘ladi!..»

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubdan ketgach, faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

«Real» faoliyatimdagi yakuniy bosqich bo‘ladi. Shundan keyin men nafaqaga chiqaman. «Real Madrid» futbolning cho‘qqisi. Bunday jamoa bilan ishlagandan so‘ng, nafaqaga chiqish mantiqan to‘g‘ri», — deydi Anchelotti Il Messaggero nashriga bergan intervyusida.

63 yoshli murabbiy 2021-yilning yozida Madridga qaytgandi. Uning qo‘l ostida jamoa o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionati, Chempionlar ligasi, Ispaniya Superkubogi va Yevropa Superkubogida g‘olib chiqdi.

«Real Madrid» bilan Anchelotti 4 marta Chempionlar ligasini yutgan birinchi mutaxassisga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, 28-may kuni Parijdagi «Stad de Frans» stadionida bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasining 2021/22 yilgi mavsumi finalida Madrid klubi «Liverpul»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bungacha italiyalik mutaxassis «Real» (2013/14) va «Milan» bilan ikki marta chempionlikni qo‘lga kiritgan (2002/03 va 2006/07).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring