JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston 3-savatchadan joy oldi

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati saralashi Osiyo mintaqasi yo‘nalishida ikkinchi bosqich yakunlanib, uchinchi bosqich oldidan jamoalarning FIFA reytingidagi o‘rniga ko‘ra savatchalar shakllandi. O‘zbekiston 3-savatchadan joy oldi.
1-savatcha
- Yaponiya
- Eron
- Janubiy Koreya
2-savatcha
- Avstraliya
- Qatar
- Iroq
3-savatcha
- Saudiya Arabistoni
- O‘zbekiston
- Iordaniya
4-savatcha
- BAA
- O‘mon
- Bahrayn
5-savatcha
- Xitoy
- Falastin
- Qirg‘iziston
6-savatcha
- KXDR
- Indoneziya
- Kuvayt
18 ta jamoa 3 ta guruhga bo‘linadi. Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.
Uchinchi bosqich uchun qur’a tashlash marosimi 27-iyun kuni Kuala-Lumpurda Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter