Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018 anonsi. Bugun dastlabki yarim finalchilar nomi aniqlanadi

JCh-2018 anonsi. Bugun dastlabki yarim finalchilar nomi aniqlanadi

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 6-iyul kuni Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining chorak final o‘yinlariga start beriladi. Ikki kunlik dam olishdan keyin Urugvay va Fransiya, Braziliya va Belgiya yarim final yo‘llanmasi uchun kurashadilar.

Dide Desham jamoasi guruh bosqichidan bemalol o‘tdi va 1/8 finalda Argentinaga imkon qoldirmadi. Fransuzlar maydonning har bir bo‘lagida Xorxe Sampaoli shogirdlaridan ustun keldi.

Urugvay – Fransiya. Soat, 19:00

Braziliyaliklar birinchi turda Shveysariyaga qarshi biroz qiynalishdi, lekin umuman olganda guruh bosqichida muammo yuzaga kelgani yo‘q. Butun omma Neymarning aktyorlik mahorati haqida gapirish bilan band bo‘ldi. 1/8 finalda Tite shogirdlari Meksikaga qarshi biroz asabiy, lekin kutilgan g‘alabani nishonladi.

Braziliya – Belgiya. Soat 23:00

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring