Javohir Sindorov «Rustam Qosimjonov xalqaro turniri» g‘olibi bo‘ldi
![Javohir Sindorov «Rustam Qosimjonov xalqaro turniri» g‘olibi bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/5/0/720_460_95_500859499.jpg)
Javohir Sindorov 6,5 ochko jamg‘argan holda mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan «Rustam Qosimjonov xalqaro turniri»ning «Masters» guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Eronlik shaxmatchi Parxam Magsudlu 6 ochko bilan 2-o‘rinni, hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov 5 ochko jamg‘argan holda uchlikka yakun yasadi. Ushbu guruhda g‘oliblikka asosiy da’vogar sanalgan Nodirbek Abdusattorov kuchli beshlikdan o‘rin oldi.
Xalqaro turnirning «Chellenjer» guruhida hamyurtimiz Ortiq Ne’matov va serbiyalik Aleksandar Indjich 6,5 ochkoga ega bo‘lishdi. Ammo, koeffitsiyentlar evaziga serbiyalik shaxmatchi 1-o‘rinni, Ne’matov esa 2-o‘rinni egallaganligi qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter