JARda 25 yoshli futbolchi avtohalokat qurboni bo‘ldi
Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi futbolchisi Motjeka Madisha baxtsiz hodisa tufayli 25 yoshida vafot etdi. Bu haqda Janubiy Afrika Respublikasi futbol federatsiyasi o‘z saytida xabar berdi.
13-dekabr kuni sportchining avtomobili halokatga uchradi.
«Bu chinakam qayg‘u — bizni yosh, umidli futbolchimiz tark etdi. Men Madisadan ko‘ra ko‘proq professionalni bilmas edim», — deya tan oldi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Molefi Ntseki.
Madisha himoyachi pozitsiyasida o‘ynagan. Klublar darajasida u JAR chempionatining «Mamelodi Sandauns» vakili edi. «Sandauns» tarkibida Madisha 80 ta o‘yin o‘tkazib, uchta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
Madisha 2015-yildan beri xalqaro miqyosda JAR sharafini himoya qilib kelayotgandi. U milliy terma jamoa safida 13 uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter