Jahon professional boksida yilning eng yaxshilari aniqlandi
Boks haqidagi nufuzli «The Ring» jurnali talqini bo‘yicha 2018-yilning eng yaxshilari e’lon qilindi.
O‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinning meksikalik Saul Alvaresga qarshi revansh jangi yilning eng yaxshi jangi deb topildi.
Jurnal tomonidan birinchi og‘ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik yilning eng yaxshi bokschisi deb topildi.
Eng yaxshi murabbiy deya Vasiliy Lomachenkoning otasi va ustozi — Anatoliy Lomachenko e’tirof etildi.
Naoyya Inue — Xuan Karlos Payyano o‘rtasida kechgan qarama-qarshilikdagi nokaut «yil nokauti» bo‘ldi.
2018-yilda super og‘ir vazn toifasida faoliyatini qayta tiklagan Tayson Fyuri «yil qaytishi» bo‘lgan bo‘lsa, uning Deontey Uaylderga qarshi jangdagi 12-raundi «yil raundi» deya e’tirof qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter