Italiyalik sportchi 36 yil muddatga chetlatildi
Italiyalik uzoq masofalarga yuguruvchi yengil atletikachi Alessandro Brakoni 36 yil muddatga sportdan chetlatildi. Bu haqda Inside the Games xabar berdi.
U 2058-yilning 23-martida sportga qayta oladi. O‘shanda 71 yoshda bo‘ladi...
O‘tgan yilning noyabrida Brakoni dopingdan foydalanish, taqiqlangan moddalarni saqlash va ularni sotishga urinishda aybdor deb topilgandi. Buning uchun 12 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingandi.
Biroq Brakoni marafonlarda qatnashishda davom etgan, jazoning uch karra oshirilishiga shu sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, u yugurish musobaqalarining birida volontyor sifatida ro‘yxatdan o‘tishga ham uringan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter