Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)

Isroil Madrimov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)

Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (5-0, 5 KO) beshinchi jangida ham g‘alaba qozondi.

Texas shtatining Frisko shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Isroil Madrimov venesuelalik Charli Navarroga (29-10, 22 KO) qarshi ringga chiqdi. 10 raundga mo‘ljallangan jang 6-raunddayoq yakunlandi. O‘zbekistonlik bokschi tajribali raqibini avvaliga nokdaun holatiga tushirdi, keyin esa zarbalar seriyasi orqali uni yana bir marta polga qulatgach, hakam jangni to‘xtatib, texnik nokaut qayd etdi.

Endilikda Isroil Madrimov super yarim o‘rta vazn toifasining WBA chempionlik kamari uchun birinchi raqamli da’vogarga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta o‘tgan yilning 5 oktyabrida meksikalik Alexandro Barreraga (29-6, 18 KO) qarshi ringga chiqqan va raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring