Ispaniya terma jamoasi futbolchisi olti oy qamoq jazosiga hukm qilindi
Madridning «Atletiko» hamda Ispaniya terma jamoasi forvardi Diyego Kosta soliqlarni to‘lamaganligi uchun olti oy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «El Mundo» xabar berdi.
Bu qarorni Madrid sudi qabul qilgan. Futbolchi qamoq jazosi o‘rniga 36 ming yevro jarima to‘lashga rozi bo‘ldi va Ispaniya g‘aznasiga 1,1 million yevro miqdorida qarzini ham uzdi.
Kerakli miqdordagi pulni to‘lash uchun Kosta «Atletiko» rahbariyatiga murojaat qildi. Klub forvardga belgilangan pulning bir qismini avans tariqasida to‘lashga rozi bo‘ldi. Hujumchi 2014-yilda «Adidas» kompaniyasi bilan homiylik kelishuvidan tushgan daromadni yashirganlikda ayblanmoqda. Mazkur bitim Londonning «Chelsi» jamoasiga o‘tishidan oldin imzolangan.
31 yoshli futbolchi 2018-yil yanvar oyida Angliya jamoasidan «Atletiko»ga qaytib keldi. Joriy mavsumda u Ispaniya chempionatida 13 ta o‘yinda qatnashib, ikkita to‘p kiritdi. Kosta Ispaniya terma jamoasi tarkibida 22 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘n marta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter