Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etildi. Bu haqda hozirgina Ispaniya terma jamoasining matbuot anjumanida e’lon qilindi.
Jahon chempionatiga bir kun, Portugaliya terma jamoasi bilan o‘yinga esa ikki kun qolganda murabbiyni bo‘shatish haqidagi qaror Ispaniya futbol federatsiyasi rahbari Luis Rubiales tomonidan qabul qilindi. Lopetegining «Real» bilan shartnoma imzolaganini u xoinlik deya baholagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter