«Inter»ga Erik Tohirning o‘rniga yangi prezident keldi
Xitoylik tadbirkor Stiven Chjan Milan futbol klubi — «Inter»ning prezidentiga aylandi. Bu haqda «REGNUM» axborot agentligi xabar berdi.
Stiven Chjan «Inter» aksiyalari nazorati paketi egasi — Xitoy kompaniyalari guruhi rahbari Chjan Szindunning o‘g‘lidir. 27 yoshli Chjan shu paytgacha prezident bo‘lib kelgan indoneziyalik tadbirkor Erik Tohirning o‘rnini egalladi.
Xabarlarga ko‘ra, Turinning «Yuvetus» klubi sobiq bosh direktori Juzeppe Marotta faoliyatini «Inter»da davom ettirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter