Indzagi: «Yamal har 50 yilda bir tug‘iladigan betakror iste’dod»

«Inter» bosh murabbiyi Simone Indzagi Chempionlar ligasi yarim finalining ilk o‘yinidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda Lamin Yamalning o‘yini haqida iliq fikr bildirdi.
Italiyalik murabbiy UYeFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida Yamalni «har 50 yilda bir tug‘iladigan betakror iste’dod» deb atadi. Uning ta’kidlashicha, «blaugrana»ning yosh futbolchisi juda kuchli taassurot qoldirgan.
«Yosh futbolchini to‘xtatish uchun mening yigitlarim ikki yoki hatto uch nafar bo‘lib harakat qilishdi», – dedi Indzagi.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» va «Barselona» o‘rtasidagi birinchi bellashuv jangovor 3:3 hisobida yakunlandi. Lamin Yamal ushbu o‘yinda bir gol va bir assist muallifi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter