III Toshkent xalqaro marafoni g‘oliblari aniqlandi
Poytaxtimizda an’anaviy III Toshkent xalqaro marafoni yakunlandi, deya xabar berdi O‘zA.
Musobaqada ishtirokchilar marafon, yarim marafon, ekiden hamda 3km masofaga yugurish bo‘yicha raqobatlashdi.
Marafonda yurtimiz vakillarimizdan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, shuningdek, Rossiyadan kelgan atletlar omadini sinab ko‘rgan bo‘lsa, ilk marotaba o‘tkazilgan ekiden marafon bahslarida turli vazirlik, idora, korxona-tashkilotlar hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan diplomatik korpuslardan jami 64ta jamoa (har bir jamoa tarkibi 6 nafar ishtirokchidan iborat) qatnashdi.
III Toshkent xalqaro marafonining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi V.Mahmudov hamda Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov ishtirok etdi.
III Toshkent xalqaro marafonida quyidagilar shohsupaga ko‘tarildi:
Yarim marafon
Erkaklar
- Shohrux Davlatov (Surxondaryo)
- Yevgeniy Fadeyev (Surxondaryo)
- Otabek Toshquvvatov (Samarqand)
Ayollar
- Darya Maslova (Qirg‘iziston)
- Aziza Mirzaakbarova (Andijon)
- Gulshanoy Sattarova (Qirg‘iziston)
Marafon
Erkaklar
- Vladislav Mamedov (O‘zbekiston)
- Ilya Tyapkin (Qirg‘iziston)
- Zikrilla Mamatqulov (O‘zbekiston)
Ayollar
- Mariya Karabetskaya (Qirg‘iziston)
- Janna Mamajonova (Qozog‘iston)
- Yekaterina Tunguskova (O‘zbekiston)
Ekiden
Erkaklar
- O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
- Surxondaryo viloyati terma jamoasi
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Ayollar
- Farg‘ona viloyati terma jamoasi
- Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter