Ignatiy Nesterov futboldan chetlashtirildi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi intizom qo‘mitasi O‘zbekiston terma jamoasi safida faoliyatini yakunlagan darvozabon Ignatiy Nesterovni taqiqlangan moddani iste’mol qilganlikda gumonlab, futboldan chetlatdi. Bu haqda «Goal SA» nashri xabar bermoqda.
Nesterov Saudiya Arabistonining «Uhud» klubida o‘ynayotgan edi.
«Uhud» klubi Nesterovning o‘rniga boshqa darvozabonni ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasiga murojaat qilgan.
O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev ham o‘z «Telegram» kanalida Nesterov haqida fikrlar bildirib, disklifikatsiya vaqtincha yoki doimiy ekani aniq emasligini yozgan.
Nesterov «Uhud» tarkibida 2 marta maydonga tushgandi. U ishtirok etgan o‘yinlarda jamoa g‘alaba qozongan.
Nesterov O‘zbekiston terma jamoasi safida yanvar oyida Osiyo Kubogida ishtirok etganida topshirgan doping tahlili ijobiy natija bergan. Yaqin orada u Malayziyaga, OFK qarorgohiga borib, doping tahlillari natijasi yuzasidan tushuntirish berishi lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter