Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Husniddin Norbekov — Paralimpiya o‘yinlari chempioni!

Husniddin Norbekov — Paralimpiya o‘yinlari chempioni!

Mahoratli para-yengil atletikachimiz Husniddin Norbekov Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonib, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni keltirdi.

Norbekov hozirgina yadro uloqtirish dasturida o‘z g‘alabasini tantana qildi. Ushbu mashqda vakilimiz 16:13 metr natija bilan eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.

Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 16 (6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza) taga yetdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring