«Humo arena» yil jangiga tayyorlanmoqda
3-aprel kuni poytaxtimizdagi «Humo arena» muz saroyida Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori, professional boksda WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi bo‘lib o‘tadi.
Unda hamyurtimiz yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi jangda chempionlik kamarlarini himoya qiladi. Shuningdek, mazkur jang anderkardida Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘smatov, Iqboljon Xoldorov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov kabi nomdor bokschilarimiz ham ringga ko‘tarilishadi.
Bu o‘zbek sportida chinakam tarixiy voqelikdir. Zero, ilk bor hamyurtimizning chempionlik kamarini himoya qiluvchi jangi Toshkentda, minglab muxlislar ko‘z o‘ngida o‘tishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter