Holand «Manchester Siti»ga qanchaga tushdi?
Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Erling Holand «Manchester Siti»ga (Angliya) o‘tdi. «The Telegraph» ingliz nashri xabar berishicha, 21 yoshli norveg futbolchisini keltirish «shaharliklar»ga 250 million yevroga tushdi.
Shu pulning 75 millioni «Borussiya»ga to‘lanadi, 125 millioni futbolchi bilan kelishuv bonusi va besh yillik shartnoma doirasidagi maoshiga ketadi. Qolgan 50 millioni agentlar va Holandning vakillari o‘rtasida taqsimlanadi.
Ma’lumot uchun: Erling Holand — 2020 yilning yanvaridan beri «Borussiya» futbolchisi. «Arilar» futbolkasida jami 88 o‘yin o‘tkazib, 85 ta gol va 23 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter