Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindlarga atalgan klassiko

Hindlarga atalgan klassiko

Uchrashuv Xitoy emas, balki Hindiston vaqtiga to‘g‘rilangan

Foto: «Sports.ru»

Ispaniya La ligasi mutasaddilari bugungi «El-Klassiko»ni Madrid vaqti bilan 13:00 ga (Toshkent vaqti bilan 17:00 da) belgilashgan.

Mazkur qaror osiyolik, ayniqsa, Hindiston futbol muxlislari uchun atalgani ko‘pchilikka sir emas. Bu haqda Liga prezidenti Xaver Tebas o‘z intervyusida aytib o‘tgandi.

Biz hindistonlik muxlislar bilan yanada yaqinroq bo‘lish uchun o‘yinlar vaqtini o‘zgartirdik. To‘g‘ri, bu qarorimizni xursandchilik bilan qabul qilmaganlar ko‘p bo‘ldi. Ammo klassikoni bugungi kunda Hindistonda Ispaniyaning o‘zidan ham ko‘proq odam tomosha qiladi. Buni inkor qilib bo‘lmaydi. Gap faqatgina Hindiston bozorida emas, bu vaqt butun osiyo futbol muxlislari uchun qulay vaqtdir.

Xaver Tebas, 

La liga prezidenti 

La liga hind auditoriyasini egallashga jiddiy bel bog‘laganiga unchalik ko‘p bo‘lgani yo‘q. 2016 yilning kuzida bu yerda liganing alohida ofisi ochilgan edi. Bunday ofislarning dunyoning bor-yo‘g‘i 8 davlatida faoliyat yuritayotganini inobatga olsak, ispan ligasi mutasaddilarining hindlardan umidi katta.

2016 yilning dekabr oyida Dehlidagi «Javoharla’l Neru» stadionida «El-Klassiko» ommaviy ravishda namoyish etildi. O‘sha kuni stadionga «Barselona»ning sobiq sobiq yarim himoyachisi Luis Garsiya ham tashrif buyurgan edi. O‘sha kuni tashkilotchilar bitta katta muammoga duch kelishdi. O‘yin boshlanish vaqti Madridda 16:15, Dehlida 20:45ga to‘g‘ri keladi. Dehli metrosining soat 10-00 gacha ishlashini hisobga olsak, bu vaqt ular uchun juda katta noqulaylik tug‘dirdi.

Bu safargi klassiko Hindiston vaqti bilan 17:30 ga to‘g‘ri keladi. Bu translyasiya va ommaviy namoyishlar uchun juda qulay vaqt. Namoyish ham o‘tgan yilgidek stadionda emas, ko‘rgazma zalida bo‘lib o‘tadi. Omadi chopgan hind futbol ishqibozlari bu safar Kataloniya klubining sobiq futbolchisi Janluka Zambrotta bilan birgalikda futbol ko‘rishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring