Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi faoliyatini nokaut bilan boshladi

2016 yilgi Rio olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi faoliyatini muvaffaqiyatli boshladi.
Professional boksning birinchi o‘ta yengil (-48,99 kg) vazn toifasida meksikalik Xesus Servantes Vilyanuevaga (9-8, 5 KO) qarshi debyut jangini o‘tkazgan Hasanboy Do‘smatov (1-0, 1 KO) muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
Meksikada bo‘lib o‘tgan boks oqshomi doirasida ringga chiqqan Do‘smatov 6 raundga mo‘ljallangan jangning ikkinchi raundida kuchli zarba bilan mezbon bokschini polga qulatdi va hakam jangni to‘xtatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter