Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamzat Chimayev va Neyt Dias o‘rtasidagi jang bekor qilindi, ammo...

Hamzat Chimayev va Neyt Dias o‘rtasidagi jang bekor qilindi, ammo...

Jahonning eng kuchli aralash yakkakurash tashkiloti rahbari Dana Uayt oqshomning asosiy jangi bekor bo‘lish arafasida uni boshqa usul bilan saqlab qoldi.

Neyt Diazga qarshi jangi oldidan belgilangan vazn me’yorini har ikki urinishda ham bajara olmagan Hamzat Chimayevga kardning boshqa bir juftligidagi raqib berildi.

Diaz deyarli 4 kg (3.8 kg) ortiqcha vazn qayd etgan Chimayev bilan jang qilishni istamadi. Qoidaga ko‘ra, bu holatda jang bekor qilinishi, raqib gonorarining ma’lum qismi kompensatsiya tarzida Diazga berilishi kerak edi.

Dana Uayt esa masalaning yechimini topdi. Ya’ni, u juftliklarni almashtirib qo‘ydi: Hamzat Chimayev – Kevin Xolland va Neyt Diaz – Toni Fergyusson.

Endi oqshomning markaziy jangi maqomi Neyt Diaz va Toni Fergyuson o‘rtasidagi qarama-qarshilikda bo‘ladi. Ikkala jang ham besh raund etib belgilandi.

Darvoqe, Toni Fergyusonning raqibi Li Jigliang esa endi Daniel Rodrigesga qarshi oktagonga chiqadigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring