Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Habib yana qaytadi, bunga ishonchim komil» — UFC rahbari

«Habib yana qaytadi, bunga ishonchim komil» — UFC rahbari

Rossiyalik Habib Nurmagomedov 30-g‘alabasini qo‘lga kiritish uchun oktagonga qaytishi mumkin. Bu haqda Ultimate Fighting Championship rahbari Deyna Uayt aytib o‘tdi.

«Gatji ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Habib haddan tashqari hissiyotga ega edi. Bilasizmi, unda jangdan oldin jarohat bor edi. Bundan tashqari, u otasining vafot etganiga qaramay, jangga rozi bo‘lgandi. O‘ylaymanki, faoliyatini tugatishi haqidagi so‘zlari hissiyotlar tufayli bayon etildi. Men 100 foiz u yana jang o‘tkazadi demoqchi emasman, ammo ishonchim komil, u yana qaytadi», — degan UFC rahbari.

Shuningdek, Deyna Uayt yengil vazn toifasidagi kamar vakant emasligini, u hamon rossiyalikka tegishli ekanligini aytdi: «Habib endi yengil vazn chempioni. Bo‘sh kamar yo‘q».

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov 29 jangda 29 g‘alabaga erishgan. U amerikalik sportchi — Gatji bilan jangdan so‘ng faoliyatini yakunashini e’lon qildi. Habib o‘z g‘alabasini 3 iyulda vafot etgan otasiga bag‘ishladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring