Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib Nurmagomedovning otasi shifoxonaga tushib qoldi

Habib Nurmagomedovning otasi shifoxonaga tushib qoldi

Foto: «Tofight.ru»

Rossiyalik murabbiy va aralash jang usuli (MMA) kurashchisi Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov shifoxonaga tushib qoldi. Bu haqda «Reyting Bukmekerov» xabar berdi.

57 yoshli Nurmagomedovning o‘zi nashr muxbiriga buni tasdiqlagan. Mutaxassisning shifoxonaga yotish sababi noma’lum.

Nurmagomedovning o‘g‘li — yengil vaznda Ultimate Fighting Championship ning mutlaq chempioni. Bundan tashqari, promoushenda rossiyalik murabbiyning boshqa shogirdlari ham ishtirok etadi — Islom Maxachev, Abubakar va Umar Nurmagomedovlar.

Sportchi sifatida Abdulmannop Nurmagomedov sambo va dzyudo bo‘yicha Ukraina chempioni bo‘lgan. Uning shogirdlari orasida sambo bo‘yicha jahon chempionlari ham bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring