Habib Nurmagomedov yo‘q. UFC tarixidagi eng yaxshi 5 jangchi e’lon qilindi

UFC prezidenti Deyna Uayt tashkilot tarixidagi eng yaxshi besh jangchini tilga oldi.
«Jon Jons, Anderson Silva, Ronda Rouzi, Konor Makgregor, Jorj Sen-Per. Bu ro‘yxatga yana ko‘plarni kiritish mumkin edi», — iqror bo‘ldi Uayt.
Yengil vaznda UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedovga to‘xtalarkan, Uayt uning iste’dodiga tan berishini, biroq dog‘istonlik Burgut (Habib) sportdagi faoliyatini juda erta tugatganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning martida promoushen rahbari (Uayt) Nurmagomedovning sportdan butkul ketishini e’lon qilgandi. Habib o‘zidan ajoyib rekord qoldirdi: faqat g‘alaba, bittayam mag‘lubiyat yo‘q (29-0).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter