Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib Nurmagomedov: «Meni tinch qo‘yinglar!»

Habib Nurmagomedov: «Meni tinch qo‘yinglar!»

Foto: «Global Look Press/ZUMA Press/Jason Silva»

Habib Nurmagomedov yengil vaznda UFC chempioni unvonini bo‘shatishga tayyor ekanligini bildirdi. Rossiyalik MMA kurashchisi bu haqda 10 fevral kuni ma’lum qildi.

Nurmagomedovning so‘zlariga ko‘ra, divizion «turib qolayotgani» unga yoqmayapti, deb yozadi NSN.

«Yigitlar kamar uchun kurashishlarini xohlayman. Chunki men allaqachon ketganman, meni tinch qo‘yinglar», — dedi u «Match TV» efirida.

Yaqinda Habib Nurmagomedov orzusidagi jang haqida gapirgandi.

Fevral oyi boshida Nurmagomedov UFC rahbari Dan Uayt bilan oy oxirida yana uchrashishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda u butun e’tiborini o‘zining beshta loyihasiga qaratgan.

Habib Nurmagomedov 24-oktyabr kuni UFC musobaqasida Jastin Geytji ustidan g‘alaba qozongandan so‘ng MMAdan ketishini e’lon qildi. Rossiyalik sportchi yengil vaznda tashkilotning chempionlik kamarini uch marta himoya qilib, faoliyatidagi 29-g‘alabasini nishonladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring