Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gvardiola 20 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortildi

Gvardiola 20 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortildi

«Ularning o‘z qoidalari bor va ular qoidalarga amal qilishga majbur», — degan murabbiy.

Foto: «Goal.com»

Angliya futbol assotsiatsiyasi «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani Kataloniya mustaqilligi tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlash ramzi hisoblangan sariq lentani taqqani uchun 20 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortdi, deya xabar bermoqda «Euronews».

Oldinroq Gvardiola bu borada ogohlantirilgan edi. Ammo murabbiyning aytishicha, tasmani taqish uchun UYeFAdan ruxsat olgan, ushbu ramz esa uning Kataloniya maqomiga munosabatini aks ettirmaydi.

AFAning ma’lum qilishicha, murabbiyning bunday holatda maydonga chiqib kelishi ispaniyalik muxlislarning g‘azabini qo‘zg‘atadi. Gvardiola esa unga nisbatan qo‘llanadigan sanksiyalarga tayyorligini ma’lum qilgan. «Ularning o‘z qoidalari bor va ular qoidalarga amal qilishga majbur», — degan murabbiy.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring