Grizmann va yana uch futbolchi «Barselona»dan ketdi
Kataloniyaning «Barselona» klubi yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida to‘rt futbolchisini boshqa jamoalarga berib yubordi.
Jamoa hujumchisi Antuan Grizmann sobiq jamoasiga qaytdi.
«Atletiko» 30 yoshli fransuzni 10 mln yevro evaziga bir mavsumga ijaraga oldi. Madrid klubida ijarani yana bir yilga uzaytirish yoki futbolchini 40 mln yevroga sotib olish huquqi ham bor.
Grizmann 2014-2019 yillar oralig‘ida «Atletiko»da o‘ynab, barcha turnirlar doirasida 257ta bahsda 133ta gol urgan. 2019 yil yozida esa 120 mln yevro evaziga «Barselona»ga o‘tgandi.
Shuningdek, yaqindagina «Barselona»ga kelib qo‘shilgan Emerson 25 mln yevro evaziga «Tottenxem»ga sotib yuborildi.
Klubning iqtidorli futbolchisi Ilaish Moribani esa «Leypsig» 16+8 mln yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Jamoaning yana bir yosh hujumchisi Rey Manay esa Italiya klubiga ijaraga berib yuborilgan.
«Barselona»ning o‘zi Grizmann o‘rniga «Sevilya» hujumchisi Lyuk de Yongni ijaraga oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter