Gretsiyadan xushxabar, yana bir sportchimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi
Gretsiyada o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bugungi kun bahslari terma jamoamiz uchun ataldi.
Qizlar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bahslarda Tursunoy Jabborova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Dast ko‘tarish mashqida 109 kg natija bilan eng yaqin ta’qibchisini 9 kgga ortda qoldirgan Jabborova siltab ko‘tarish mashqida 129 kg toshni ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Shubhasiz, ikki kurashdagi 238 kg natijaga hamyurtimizning hech bir raqibasi yaqin kela olmadi va Tursunoy mutlaq chempionlikni rasmiylashtirdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha U-20 JCh
Qizlar, -87 kg
1. Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) – 238 (109+129) kg
2. Entenza Reyes (Kuba) – 226 (99+127) kg
3. Elizabet Ouyens (AQSh) – 222 (99+123) kg
Eslatib o‘tamiz, bugungi bahslar davomida yigitlar o‘rtasida -102 kg vazn toifasidagi bahslar hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinovning g‘alabasi bilan yakunlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter