Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gretsiyadan xushxabar, yana bir sportchimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi

Gretsiyadan xushxabar, yana bir sportchimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi

Gretsiyada o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bugungi kun bahslari terma jamoamiz uchun ataldi.

Qizlar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bahslarda Tursunoy Jabborova oltin medalni qo‘lga kiritdi

Dast ko‘tarish mashqida 109 kg natija bilan eng yaqin ta’qibchisini 9 kgga ortda qoldirgan Jabborova siltab ko‘tarish mashqida 129 kg toshni ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Shubhasiz, ikki kurashdagi 238 kg natijaga hamyurtimizning hech bir raqibasi yaqin kela olmadi va Tursunoy mutlaq chempionlikni rasmiylashtirdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha U-20 JCh

Qizlar, -87 kg

1. Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) – 238 (109+129) kg

2. Entenza Reyes (Kuba) – 226 (99+127) kg

3. Elizabet Ouyens (AQSh) – 222 (99+123) kg

Eslatib o‘tamiz, bugungi bahslar davomida yigitlar o‘rtasida -102 kg vazn toifasidagi bahslar hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinovning g‘alabasi bilan yakunlangandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring