Germaniya yana bir jahon chempionidan ayrildi
Argentinaga qarshi kechgan 1990 yilgi jahon chempionatining finalida Germaniyaga g‘alaba keltiruvchi gol muallifi bo‘lgan nemis futboli faxriysi Andreas Breme 63 yoshida olamdan o‘tdi.
Bild xabariga ko‘ra, Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Myunxenda yurak xurujidan vafot etgan.
Breme futbolchilik faoliyati davomida Yevropaning «Kayzerslautern», «Inter», «Bavariya», «Saarbryuken», «Saragosa» kabi mashhur klublari sharafini himoya qilgan.
Yarim himoyachi hayotidagi eng esda qolarli o‘yin 1990 yil 8 iyulda Rimdagi «Olimpiya» stadionida bo‘lib o‘tgan va u Germaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
O‘sha uchrashuv qahramoni Andreas Breme bo‘lib, u finalda Argentinaga qarshi o‘yinda yagona va g‘alaba to‘pini kiritgan.
Bu Germaniya futboli uchun navbatdagi yo‘qotish bo‘ldi. Bir oy oldin germaniyalik afsonaviy murabbiy va futbolchi Frans Bekkenbauer vafot etgandi.
E’tiborlisi, 1990 yilgi Bundestimga aynan Bekkenbauer ustozlik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter