Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futzalchilarimiz Osiyo chempionatini J.Koreya darvozasiga urilgan 13 ta gol bilan boshladi

Futzalchilarimiz Osiyo chempionatini J.Koreya darvozasiga urilgan 13 ta gol bilan boshladi

Foto: www.the-uff.com

Xitoy Taypeyida o‘tayotgan Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati guruh bosqichining dastlabki o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi bo‘limning o‘zidayoq vakillarimiz raqib darvozasiga javobsiz 6ta gol kiritishdi. Ikkinchi bo‘limda esa Bahodir Ahmedov shogirdlari yana Janubiy Koreya terma jamoasi darvozasiga yana 7ta gol kiritishdi. Raqib esa darvozamizni bor-yo‘g‘i ikki marta aniq nishonga oldi.

O‘zbekiston - Janubiy Koreya - 13:2
Gollar: Artur Yunusov (3), Davron Choriyev (7, 8, 13), Farhod Abdumavlonov (11), Ixtiyor Ropiyev (16), Husniddin Nishonov (22), Dilmurod Shavkatov (22), Ilhomjon Hamroyev (25), Dilshod Rahmatov (31), Anasxon Rahmatov (35), Mashrab Odilov (38), Davron Abdurahmonov (40) - Jang Yong Chol (25, 38).

O‘zbekiston terma jamoasi (asosiy to‘rtlik): Rustam Umarov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov, Farhod Abdumavlonov, Dilshod Rahmatov.
Zaxira: Akmal Xazratqulov, Ilhom Hamroyev, Farhod Abdumavlonov, Ixtiyor Ropiyev, Husniddin Nishonov, Dilmurod Shavkatov, Mashrab Odilov, Anasxon Rahmatov, Davron Choriyev.
Janubiy Koreya (asosiy to‘rtlik): Seo Jung Vu, Kim Min Kuk, Lim Yeong Seung, Jeong Su In, Jo Byung Geol.
Zaxira: Kim Jun Xo, Park Yung Jae, Park Xan Ul, Yu Sang Yun, Li Du Yong, Li Min Yong, Li An, Jang Yeong Cheol, Chun Jin Vu.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring